Ekologik qonunbuzarlik aniqlandi

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish nafaqat tabiat, balki jamiyat hayoti va kelajak avlod salomatligi uchun ham beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois ekologik qonunlarga rioya qilish har bir fuqaroning burchidir. Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan reyd davomida “Surxon” daryosi bo‘yida fuqaro B.J.ga tegishli og‘ir texnika harakatlangani aniqlandi. Bu kabi harakatlar daryo oqimiga, suv resurslariga va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatib, butun hudud aholisi hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Mazkur qonunbuzarlik yuzasidan fuqaro B.J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, 4 million 120 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Mutasaddilar ta’kidlaganidek, tabiatga e’tiborsizlik oxir-oqibat jamiyatning o‘ziga qaytadi. Ekologik qonunlarga amal qilish esa nafaqat bugungi kun uchun, balki farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun ham sog‘lom va farovon hayotni ta’minlash demakdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun