O‘quv binosi talabalar uchun munosib tuhfa bo‘ldi

Date:

Surxondaryo viloyatida Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali uchun umumiy qiymati qariyb 63 milliard so‘m bo‘lgan, 1 500 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi. Mazkur bino bo‘lajak shifokorlarni tayyorlash uchun zarur barcha asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, unda axborot texnologiyalari va tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy innovatsion uskunalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va talabalarni yangi imkoniyatlar bilan tabrikladi hamda mustaqillik bayrami munosabati bilan barchani qutladi.

Viloyat rahbari nuroniylar, soha vakillari hamda oliygoh mutasaddilari bilan birga binodagi sharoitlar bilan tanishdi, talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Yoshlar ta’limi va tibbiyot sohasi rivojiga xizmat qiladigan bu kabi inshootlar uchun nuroniylar va ota-onalar Prezidentimizga chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun