Sharoitlar qulay va xavfsiz

Date:

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ijrosi Jarqo‘rg‘on tumanida ham oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. Maktabda ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning erishgan yutuqlari yuzasidan taqdimotlar va ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan turli fan va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishildi. O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida viloyat rahbari ularga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘qish va rivojlanish orqali o‘z kelajaklarini bugundan boshlab shakllantirish zarurligini ta’kidladi hamda amaliy tavsiyalar berdi.

Tashrif doirasida, shu maktab o‘quvchilari uchun “PROGRESS” o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan, barcha talablarga javob beradigan zamonaviy yotoqxona sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur yotoqxonada “PROGRESS” markazi hamda ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlari yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun