Xotin-qizlar va bolalar eʼtiborda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz tumani “Uchqizil” mahallasida xotin-qizlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi. Unda tumanda istiqomat qilayotgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, faol va tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova ishtirok etib, tuman xotin-qizlarini mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Tadbir tadbirkor ayollar bilan boʻlgan ochiq muloqotga ulanib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Shundan soʻng, Zulayxo Maxkamova “Sharof Rashidov” mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan ham tanishdi. Bosh vazir o‘rinbosari oila tarbiyasiga olingan bolalar bilan suhbatlashdi hamda ularga bayram sovg‘alarini topshirdi va bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ular uchun yaratilgan yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Mutasaddilarga oilaviy bolalar uyi faoliyatini yanada yaxshilashga ko‘mak ko‘rsatish, bolalarning davlat muhofazasi va g‘amxo‘rligini doimiy ta’minlash vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun