“Ekraz”lik yoshlarga tuhfa

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasida yashab kelayotgan tadbirkor Alimardon To‘rayev o‘z jamg‘armasidan besh yuz million so‘m sarflab, mini stadion, tikuvchilik xonasi, yuvinish xonasi va savdo nuqtasi qurib foydalanishga topshirdi. Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonalari oldida ushbu sport inshootining ochilishi mahalla yoshlari uchun munosib tuhfa boʻldi. Ochilish marosimida tuman hokimi Bahrom Maxmatrayemov, mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdi.

Darvoqe, mahalla ahli necha yillardan buyon qishloqda mana shunday stadion bo‘lishini orzu qilib kelar edi. Bugun esa shu mahallada tug‘ilib voyaga yetgan Alimardon To‘rayev hamqishloqlari orzusini ro‘yobga chiqarib, ularni olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, to‘p tepayotgan yosh bolalarning quvonchi cheksiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun