Navbatdan tashqari sinov

Date:

Oʻqituvchining bilim va salohiyati, kasb malakasi muhim. Ular tayyorlaydigan, taʼlim-tarbiya beradigan avlodning kim boʻlib yetishishi ham ayni bilim va koʻnikmaga bogʻliq. Oʻz kasbiga munosib mutaxassislar ishlayotganini bilish maqsadida ham pedagoglarni kasbiy sertifikatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab pedagog kadrlar bosqichma-bosqich kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmoqda.

Viloyatimizda bo‘lib o‘tayotgan sinovlarda onlayn ariza topshirgan 2 ming 771 nafar pedagog o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.Sinov tartibi mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun 40 ta test, pedagogik mahoratini aniqlash uchun 10 ta, jami 50 ta test topshiriladi.56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ularning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun