Yozgi o‘qishlar Bo‘stonliqda start oldi

Date:

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilayotgan yosh tarixchilarning an’anaviy yozgi o‘qishlari doirasida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan qiziqarli mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Dasturning birinchi kunida tarix fanlari doktori, professor Shopo‘lat Shaydullayev “Qadimgi Turon aholisida tafakkurning tug‘ilishi: moddiy manbalar, yangi qarashlar, tarixning o‘qilmagan sahifalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Odiljon Hamidov “Turonning miloddan avvalgi VI–IV yuzyilliklar moddiy madaniyati va diniy dunyoqarashi” mavzusida mahorat darsini o‘tdi.

Yosh tarixchilar uchun ushbu darslar tarixiy bilimlarni yanada chuqur anglash, ilmiy dunyoqarashni boyitish va yangi tadqiqotlar uchun ilhom manbayi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun