“Oriyat”da sharoit qanday?

Date:

Muzrabot tumanida aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanda bo‘lib, amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar va yangi tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.Dastlab, “Oriyat” mahallasida hududni obodonlashtirish, turar va noturar binolarni ta’mirlash, ariqlarni betonlash hamda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shu doirada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Muzrabot ota maqbarasida olib borilayotgan restavratsiya ishlari va ziyoratchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ziyoratgoh hududida yashillikni asrash maqsadida sug‘orish tizimini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

O‘rganishda hokim “Qizil olma bahori” fermer xo‘jaligining 24 gektarli paxta maydonida g‘o‘zaning holati va hosildorligi bilan ham tanishdi.Shuningdek, “Do‘stlik” mahallasida 500 metrlik kollektor ustini zamonaviy usulda yopish asosida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish loyihasining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Muzrabotda olib borilayotgan mazkur ishlar aholi bandligini ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash hamda tumanning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun