Yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda

Date:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”  va boshqa qonun hujjatlarida sohaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash,  yerlardan maqsadli va samarali foydalanish, ayniqsa, sug‘oriladigan yer maydonlarini asrab avaylash, talon-toroj qilinishining oldini olish maqsadida viloyat miqyosida muntazam yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramasdan, hududlarda
yer qonunchiligiga rioya qilmaslik,  yer maydonlaridan maqsadsiz hamda samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchramoqda.    

O‘rganishlar davomida joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida viloyatda
1 897 ta holatda 152,64 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Qonunbuzilish holatlari yer turlari bo‘yicha tahlil qilinganida, 835 ta holatda 119,70 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari, 613 ta holatda 11,59 gektar aholi punktlari yerlari, 201 ta holatda 3,41 gektar sanoat, transport, aloqa, mudofaaga tegishli va boshqa yerlar, 79 ta holatda 2,43 gektar suv fondi yerlari,
3 ta holatda 0,98 gektar Tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlar, 25 ta holatda
4,73  gektar O‘rmon fondi yerlari va 141 ta holatda 9,36 gektar davlat zaxira yerlari bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi.    

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida yer qonunchiligi talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida ayrim fuqarolar tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan. Jumladan, Sariosiyo tumanining “Lutfikor” mahallasida yashovchi fuqaro B.F. tomonidan ushbu mahalla hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan o‘rmon fondi yer maydonidan 500,0 kv.metr o‘zboshimchalik bilan egallab, ushbu hududda uy-joy uchun poydevor (fundament) binosi qurilgani aniqlandi.

Ushbu qonun buzilish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi (https://lex.uz/acts/-97664) asosida ma’muriy bayonnoma tuzilib, belgilangan tartibda jarima qo‘llanildi, shuningdek, qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

Yerlardan foydalanishda qonuniylik — umumiy tartib va adolatning kafolatidir. Shuningdek, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining tuman, shahar bo‘limlari mutaxassislari tomonidan yuqoridagi kabi noqonuniy
xatti-harakatlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘rganish, targ‘ibot, tushuntirish
va profilaktik tadbirlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.  

Muhim eslatma!

Shu o‘rinda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz.

Zero, qoununga ko‘ra yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

M.Abdiraxmanov,

Kadastr agentligi viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“MyGov” ma’lumotlari qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi

Prezidentning 8-sentabr kuni imzolangan PF–157-son farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan...

Pensiya yoshi oshadimi?

Yurtimizda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilayotgani haqida Pensiya jamg‘armasi...

Mustahkam oila – jamiyat barqarorligining asosi

Bugungi kunda ajralishlarning ortib borishi nafaqat oilalarning, balki butun...

Talabalar diktant yozdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim sifatini oshirishga...
KunTun
KunTun