Xizmatlar sifati oshirilmoqda

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan hududlarda malaka oshirish kurslari hamda seminar treninglar tashkil etilmoqda. navbatdagi seminar-trening BMT “Aholishunoslik jamg‘armasi – UNFPA” va    “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida hamda Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida o‘tkazildi. Unda Bandixon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirok etdi.

O‘quvlar BMTning aholishunoslik jamg‘armasi trener konsultanti X.Ibragimova tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-175-sonli qarori – “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha” huquqiy asoslar va yangiliklar tushuntirildi. Ishtirokchilarga “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida ma’ruzalar o‘qilib, amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu kurslarning asosiy maqsadi — ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan yordamni yanada samarali va tizimli qilishdan iborat. UNFPA va mahalliy hamkorlar tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va ularga munosib javob berishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun