Tomorqadan daromad

Date:

Denov tumanining “Yurchi” mahallasida odamlar ishni ko‘zini biladi. Ular dehqonchilig-u bog‘dorchilikning hadisini olishgan. Hozirda tajribalari qo‘l kelib, mo‘may daromad olishmoqda. Ayniqsa, bu borada mahalla “yettiligi” faoliyatining xizmati tahsinga sazovor. 

Ushbu mahallalik Nurullo Tursunov tomchilatib sug‘rish orqali tomorqasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. Ayni vaqtda anjir va malina mevalari yozning zarrin nuridan g‘arq pishgan. Uzib olingan mevalar zumda mahalliy bozorga chiqarilib, egasiga yaxshigina foyda keltirmoqda. Mahallada Nurullo Tursunov kabi tadbirli fuqarolar ko‘pchilikni tashkil etadi va ular jamiyatimizda eng munosib ibrat namunasi bo‘la oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun