To‘g‘ri va tezkor harakat muhim

Date:

Sariosiyo tumanida joylashgan “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi “To‘polang GES” filialida “Gidrotexnika obyektlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdiMashg‘ulot real xavf-xatar ssenariylariga asoslangan holda 6 bosqichdan iborat boʻlib, unda “To‘polang GES” fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlari tarkibidagi tashkilotlardan jami 70 nafar xodim ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi – favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, obyekt rahbariyati va tegishli tuzilmalar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Yakunda ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarda harakat algoritmlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasi baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun