AYOL MATONATI

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Laylakxona” mahallasida yashovchi Jang‘il Umaraliyeva 1-guruh nogironi. Shunga qaramay hayotdan, yashash sharoitidan nolimaydi. Jang‘il Umaraliyeva bolalarni yaxshi o‘qishga, fanlarga qiziqtirishga undaydi.

   -O‘ttiz yil mahallamizdagi 7-umumta’lim maktabida o‘qituvchilik qildim, – deydi Jang‘il Umaraliyeva. – Taqdir ekan, 20 yildan buyon oyoqlarim ishlamay, aravachaga mixlanib qoldim. Hayotdan taqdirimdan norizo emasman. Hozir qo‘shnilarning farzandlariga, nabiralariga adabiyot, matematika fanlaridan uyda o‘tirib saboq beraman. Ularning bilim ko‘nikmalarini oshirishga hissa qo‘shayotganimdan quvonaman, albatta.

— Bir yildan buyon ustoz Jang‘il momomdan matematika fanini o‘zlashtirishga harakat qilyapman, — deydi Sevinch O‘rolova. — Yozgi ta’tilda har kuni kelib o‘rganyapman. Ustozimiz bizga bepul saboq beradi. Yaxshi o‘qisak, o‘rgatganlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirsak xursand bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun