Mehnati mahsuli qiziqish uyg‘otdi

Date:

Sherobod tuman madaniyat uyida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada 35 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqaro o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan mahsulotlar bilan ishtirok etdi. Ularning mehnati mahsuli yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari faol ishtirok etib, mahsulotlar savdosi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi hamda shu yerning o‘zida mahsulotlardan xarid qilishdi. Yarmarka yakunida faol ishtirok etgan nogironlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, ijtimoiy birdamlik va insonparvarlik tamoyillari asosida tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun