G‘o‘za Shinjon usulida parvarishlanmoqda

Date:

Joriy yilgi paxta hosilidan umidimiz katta. Ayniqsa, fermer va dehqonlarimiz belni mahkam bog‘lab, ishga kirishishganki, sa’y-harakatlar maqsadga, marraga yetkazmay qo‘ymasligi aniq. Viloyatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘zaning hosildorligini oshirish maqsadida iqlim va tuproq sharoitiga mos, yuqori unumdor navlarni aprobatsiya qilish, shuningdek, Shinjon usulida parvarishlashga oid zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi jarayonlari va hosildorlikni oshirish chora-tadbirlari bilan tanishdi. Paxta xomashyosini yetishtirishda yangi navlar va ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori hosil olish maqsad qilingan. Tashrif davomida dalalarda amalga oshirilayotgan ishlar, navlarning iqlim va tuproq sharoitiga mosligi o‘rganildi. Mas’ullar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Tuman mas’ullariga fermer xo‘jaliklariga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish, g‘o‘za qator oralariga yengil ishlov berish, chilpish va sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun