“Xayr, bog‘cha – salom, maktab”

Date:

Bandixon tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xayr, bog‘cha – salom, maktab” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Maktabga yo‘l olayotgan bolajonlar ushbu quvonchli kunni ota-onalari, ustozlari hamda mehmonlar ishtirokida katta xursandchilik bilan nishonlashdi.

Tadbir davomida ular bog‘chada o‘rgangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, she’rlar bilan ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashishdi.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda mutasaddilar tadbirda ishtirok etib, kichikintoylarni yangi bosqich — maktab hayoti bilan tabrikladilar. Bog‘chada namuna ko‘rsatgan bolajonlarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir yakunida ota-onalar farzandlariga mehr va tarbiya bergan MTT jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun