Mehnati meva berdi

Date:

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish va samarali yer resurslaridan foydalanish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Boysun tumanida joylashgan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi yerlarda kartoshka yetishtirish ishlari tashkil etildi.

Jumladan, tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikdagi Qizilnavr mahallasi tog‘ bag‘irlarida Mengli Murtazoyev tomonidan 7 gektar yer maydonida kartoshka yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

– Birinchilardan bo‘lib ushbu xayrli ishga qo‘l urdik. 3,05 kilometr masofadan polietilen quvurlar orqali buloq suvini olib kelishga muvaffaq bo‘ldik. Hozirgi paytda kartoshkalarimiz yetilib ulgurdi, 20 kun ichida hosilni yig‘ishni boshlaymiz. Hozircha 10 ga yaqin yoshlarni ish bilan ta’minladik. Kelgusida bu faoliyatni kengaytirib, 100 nafargacha ish o‘rinlari yaratish niyatim bor, – deydi Mengli Murtazoyev.

Darhaqiqat, “Izlagan imkoniyat topar” deyishadi. Mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bunday tashabbuslar nafaqat aholi bandligini ta’minlash, balki oziq-ovqat xavfsizligiga ham hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun