Umida Omonovadan rekord natija

Date:

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbek qizi yangi rekord o‘rnatdi. Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi bahslarida Umida Omonova musobaqa tarixida rekord natija ko‘rsatdi.

 19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi dunyo reytingi bo‘yicha 90-o‘rinni egallab turgan bo‘lishiga qaramay, Jahon kubogining 1/8 finaligacha yetib bordi va bu natija orqali eng past reyting bilan Jahon kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan shaxmatchiga aylandi.

 Omonova dastlabki uchta o‘yinda fransiyalik Sofi Mile, polshalik Alina Kashlinskaya va qozog‘istonlik Elnaz Kaliaxmetlarni taslim etgan. Keyingi, to‘rtinchi bosqichda u dunyo reytingida 3-o‘rinni egallab turgan Tingji Liga qarshi bahs yuritdi va imkoniyatni boy berdi.

 Umida Omonova ushbu musobaqada 9500 AQSH dollari ishlab oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun