Kooperatsiya usulida banan yetishtiriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida iqlim va tuproq sharoitlaridan samarali foydalangan holda, ilgari yurtimizda yetishtirilmagan meva va sabzavot turlarini zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Sho‘rchi tumanidagi ilg‘or tomorqa egalari issiqxona sharoitida banan va sitrus mevalarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yishmoqda.

Mazkur tajribani kengaytirish, aholini daromadli ish bilan ta’minlash hamda eksportbop mahsulot yetishtirish maqsadida Sho‘rchi tumani “Obodon” mahallasida 6 gektar maydonda kooperatsiya usulida banan yetishtirish loyihasiga start berildi.

Umumiy qiymati 8,3 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 100 ta doimiy ish o‘rni yaratilib, yiliga uch marta hosil olish hisobiga 550 tonnagacha banan yetishtirilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, daromadli ish o‘rinlari yaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot yetishtirish hamda loyihani sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun