Qamrovi kengaymoqda

Date:

Yurtimizda farmatsevtika, tibbiyot va boshqa muhim sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish reja qilinmoqda. Hukumat 2025–2026-yillarda ushbu sohada ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, dori vositalarining bozordagi ehtiyojini tahlil qilish va prognozlash imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Bu loyiha 2025-yil oktabrigacha ishlab chiqilib, 2027-yil boshida «Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi»da sinov tariqasida ishga tushiriladi. Yilning ikkinchi yarmida esa tizimni to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Kelgusida ko‘krak qafasidagi patologiyalarni — o‘smalar, yallig‘lanishlar va boshqa o‘zgarishlarni — aniqlash uchun rentgen va KT tasvirlarini tahlil qiluvchi sun’iy intellekt dasturi ishlab chiqilishi ham rejalashtirilgan. Loyihalar nafaqat sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida, balki transport, ekologiya, logistika, sanoat, xizmat ko‘rsatish va jamoat xavfsizligi kabi tarmoqlarda ham sun’iy intellektni joriy etishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi» tasdiqlangan. Unga ko‘ra, ushbu sohadagi dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish, shuningdek, Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida jahonning yetakchi 50 davlati qatoriga kirish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sahnasida yoshlik shijoati

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab san’at va ijod bayramiga aylangan...

Jasorat va matonat sohiblari sharaflandi

Prezidentimiz tashabbuslari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Soha mehnatkashlari eʼzozda

Surxondaryo viloyatida har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida keng...

124 ta murojaatdan 23 tasi joyida hal

Surxondaryo viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida...
KunTun
KunTun