QISMAT

Date:

(Real voqealar asosida)

 U tinmay mehnat qildi. Yozni issig‘ida ham, qishning qahraton sovug‘ida ham ishlayverdi.

Uy-joy qildi. Yolg‘iz o‘g‘lini elga osh berib sunnat qildi.

Ishlayverdi. Shu o‘rtada ayoli kasalga chalinib qazo qildi.

Ko‘ndi. Xudoni ishi-da…

Vaqt o‘taverdi. U ishlayverdi. Bir kun nimadir noto‘g‘ri ketdi-yu bir qo‘lidan ham ayrildi.

Chidadi. Shu holida harakatdan to‘xtamadi. Yig‘inib-yig‘inib, yolg‘iz o‘g‘ilning boshini ikkita qildi.

Pensiyaga chiqqan odam kelinning qo‘lidan choyni ichib uyda yotsa bo‘lmaskanmi deguvchilar ham bisyor bo‘ldi.

Yo‘q. Mehnatga o‘rgangan tana uyda yotarmidi?

Dalaga mol haydadi. Yozning issig‘ida peshonasi terlab mol boqdi.

— Dam oling endi bobo, — deganlarga:

— Nevaramning to‘yini o‘tkazib olsam, keyin bemalol dam olsam bo‘ladi — deb kulib qo‘yardi.

O‘g‘il bir tomondan, o‘zi bir tomondan mehnat qilishib to‘yga yig‘inishdi…

Peshona ekan-da, halol mehnat bilan topilgan, to‘yga deb jamg‘arilgan pulniyam bir kechada o‘g‘riga oldirib qo‘yishdi…

Yuragi siqildi, achindi. Lekin erkakka nolish yarashmaydi deya sirtiga chiqarmadi.

 Siniq jilmaygan ko‘yi bir og‘iz gap aytdi.

 “Essiz, issiqda terlab topgandima…”

 … Bir kun ertalab bozorga otlandi. Imkoni boricha to‘y tayyorgarligini ko‘raverish kerak.

Qurbi yetgancha bozorlik qildi. Bozor aylanib yurib bir ayvon soyasiga soyaladi.

Birdan ko‘z oldi qorong‘ilashdiyu…

Yengilgina joni uzildi…

To‘y oshini dimlashga deb olingan surp endi boshqa maqsadda ishlatildi….

Jasur

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun