Ekspert kengashi tashkil etiladi

Date:

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 11.07.2025-y.) qabul qilindi. Ushbu qaror tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.  Unga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi tashkil etiladi.

Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2-marta oʻtkaziladi.

Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno, murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish hamda qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish kabi vakolatlar beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun