Saraton dorisi sinovdan o‘tkaziladi

Date:

Alphabet tarkibidagi Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan saraton dorisini insonlarda sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu kompaniya DeyepMind’ning AlphaFold texnologiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, oqsillarning tuzilishini bashorat qilish orqali yangi dorilarni tez va aniq loyihalash imkonini beradi.

Kompaniya prezidenti Colin Murdochning aytishicha, ular hozir Londondagi ofisida sun’iy intellekt yordamida saratonni davolashga qaratilgan dori ustida ishlamoqda. “Keyingi katta qadam — bu dorilarni inson tanasida sinash,” deydi u.

Mutaxassislarning fikricha, yangi texnologiya dorilarni ishlab chiqish muddatini qisqartirishi, xarajatlarni kamaytirishi va muvaffaqiyat imkoniyatini oshirishi mumkin. Murdoch kelajakda sun’iy intellekt yordamida kasallikka mos dori bir tugma bosish bilan yaratiladigan davr kelishiga ishonadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun