Yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Qarorga muvofiq, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar joriy etildi.

Mazkur dastur asosida 18 yoshdan katta bo‘lgan, mustaqil hayot kechirish imkoniyati cheklangan, ya’ni Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 0 dan 53 ballgacha baholangan fuqarolarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy xizmatlar vaucher asosida bepul ko‘rsatilmoqda. Bu esa nogironligi yoki qarovga muhtojligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Dastur doirasida taqdim etilayotgan eng muhim xizmatlardan biri — uy sharoitida qarab turish xizmati hisoblanadi. Termiz shahrida ushbu xizmat amaliyotga tatbiq etildi va birinchi foydalanuvchilardan biri bo‘lgan Sayyora Rajabova ushbu xizmatdan foydalanmoqda.

Uy sharoitida asosan shaxsga kundalik parvarish va yordam ko‘rsatish, ovqatlantirish, gigiyena qoidalarini bajarishda ko‘maklashish, doimiy muloqot orqali psixologik ko‘mak berish yordamlari koʻrsatiladi. Shuningdek, tyutorlik – shaxsni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish, zamonaviy texnologiyalar (telefon, planshet, kompyuter)dan foydalanishga yordamlashish, kitob o‘qishga jalb etiladi.

Xizmat ko‘rsatish hajmi haftasiga besh kun, har kuni uch soatdan oshmagan holda, umumiy xizmat muddati esa bir yildan oshmasligi belgilangan. Shuningdek, “Manguzar” mahallasida ham “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu markazda bugungi kunda 20 o‘ringa mo‘ljallangan boʻlib, ayni paytda 10 nafar parvarishga muhtoj keksalarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Markazda tashkil etilgan sharoitlar fuqarolarning jismoniy va ruhiy holatini tiklashga, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun