Qaror ijrosi ixtiyoriy…mi?!

Date:

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari – mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish va savdo firmalari, oilaviy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘ladimi, xullas, barchaning faoliyat yuritishi va foyda olishi uchun keng qonuniy imkoniyatlar yaratildi.Buning natijasida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida biznesni rivojlantirish orqali aholini foydali mehnatga jalb qilish imkoniyatlari yanada kengaydi.
Tadbirkorlik subyektlari soni va turi ko‘paygan sari, ular orasidagi iqtisodiy munosabatlar ham jadallashib bormoqda. Bu holat bir tomondan iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a’zolarining faol qatlamining turmush farovonligini oshishiga olib kelayotganligi quvonarli. Biroq, ikkinchi tomondan tadbirkorlar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga kelayotgan iqtisodiy nizolar soni ham yildan yilga ko‘payib bormoqda.Ushbu toifadagi nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar bilan bir qatorda hakamlik sudlarining o‘rnini ham e’tirof etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko‘ra, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emas. Ushbu qonunga ko‘ra hakamlik sudlari O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga kirmaydigan nodavlat tashkiloti hisoblanadi.
Shuningdek, hakamlik sudlarining faoliyati qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining xolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Yana bir muhim jihati shuki, hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv qarorida belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo‘lsa, u majburiy ijro etilishi mumkin. Bunda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, iqtisodiy sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
O‘z buzilgan huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila olish fuqarolar, tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari uchun muayyan bilim va ko‘nikmalar mavjud bo‘lishini talab etadi. Bunga erishish esa ular uchun eng qadrli bo‘lgan vaqti va mablag‘ining tejalishiga olib keladi, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham beradi.

J.Ochilov,
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun