“Oqila ayollar harakati” forumi boʻlib oʻtdi

Date:

Termiz shahrida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar harakati”ning o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir oila institutini mustahkamlash, farzand tarbiyasi, xotin-qizlarning ma’rifati hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda “Oqila ayollar” harakatining o‘rni va ta’sirini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Forumda shahar, tuman va mahallalarda faollik ko‘rsatayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova hamda sohaga mas’ul mutasaddilar “Oqila ayollar” harakatining jamiyatdagi ahamiyati, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi roli haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yakunda faol ishtirok etgan ayollar taqdirlandi. Shuningdek, madaniyat xodimlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun