“Kichik qadamlar, katta sahnalar”

Date:

Termiz shahridagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Surxondaryo viloyatining barcha hududlaridan kelgan maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislari ishtirokida viloyat miqyosidagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-maydagi 161-son buyrug‘i asosida, “Turon kichkintoylari” bolalar teatr jamoalarini tashkil etish va rivojlantirish doirasida tashkil etildi.

Dastlab “Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon: kichkintoylar” teatriga start berildi. Shundan so‘ng qo‘g‘irchoq, soya, barmoq, pantomima va boshqa sahna janrlarida bolalar ishtirokidagi teatr ko‘rinishlari namoyish qilindi. Ular orqali kichkintoylar o‘z iqtidorini ochib berish, jamoaviy ishlash, obrazga kirish, ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

2025-yil sentyabridan boshlab barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Turon kichkintoylari” teatr jamoalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Har yili maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida teatr festivallari o‘tkaziladi.

Avgust oyida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun teatr yo‘nalishidagi o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etiladi. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasida teatr jamoasining repertuari, sahna chiqishlari va elementlari asosida to‘g‘rilangan metodik yo‘riqnomalar joriy etiladi.

Bolalar bilan ishlashda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga teatr elementlari integratsiyalashgan holda, sahnalashtirilgan mashg‘ulotlar muntazam o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun