10 yoshli ustoz

Date:

Termiz tumanidagi 16-AFCHO‘Mning 4-sinf o‘quvchisi Shodiya Xushbakova atigi 10 yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz tilidan B2 darajadagi milliy multilevel sertifikat egasiga aylandi. Bu yutuq — mehnatsevar o‘quvchi, fidoyi ustoz va qo‘llab-quvvatlovchi oilaning hamjihatlikdagi natijasidir.

Shodiya 7 yoshidanoq ingliz tilini chuqur o‘rganishga qiziqib, bu yo‘lda ustozlari rahbarligida o‘z bilimini mustahkamlab bordi. Ayni paytda u maktabdagi ingliz tili to‘garagida ham faol qatnashib, bilimini yanada oshirmoqda. Shodiya nafaqat o‘rganmoqda, balki boshqalarga ham o‘rgatmoqda.

Hozirda u 6 yoshli singlisiga ingliz tilini o‘rgatadi va hattoki mahallasidagi kichkintoylarga ham ingliz tili darslari o‘tadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun