RASHK

Date:

Hovli o‘rtasidagi shotut o‘ziyam g‘arq pishgan. Yarmidan ko‘pi yerga to‘kilgan. Ariq yoqasidagi o‘rikning qaysidir shoxida issiqdan qochib kirgan musicha erinibgina kukulaydi. Loysuvoq qilingan uyning derazasiga o‘rnatilgan radioda tili shirin suxandon qishloq hayoti haqida allanimalarni gapiradi. Yuzini yarmidan ham katta ko‘zoynak taqib olgan Shoxsanam aya naq deraza yonginasida o‘tirib olib loviyalarni xas-xuslardan tozalaydi. Poygakda to‘shalgan po‘stakni teskarisiga qilib chalqancha yotib olgan Berdi ota shiftga termulib nimalarnidir hayol suradi.

“Endi qishloq mehnatkashlari uchun G‘ulomjon Yoqubov kuylaydi…”

 “…sening yurishlaring,

 Sening kulishlaring…”

 — Ahay, ahaay, — deya Shoxsanam aya o‘zicha jilmayib boshini likkillatadi.

— Ovozi yoqimlida shu bolani.

O‘ziyam kelishgangina…

Berdi ota ko‘zlarini shiftdan oldi. Ayaga qaradi. “Qaranga” degan ma’noda lablarini qiyshaytirdi. Turdi. Bir nima izlaganday bo‘lib deraza yoniga bordi. Qandaydir chaqqon harakat bilan radio orqasiga kirgan ikki simni sug‘urib oldi.

 “…Lekin hech chiqmas, yodimd…”

Radio o‘chdi. Shoxsanam aya ko‘nglidagi jamiki yomon so‘zlarni ko‘zlarida aks ettirgancha Berdi otaga baqrayib qoldi.

Berdi ota derazadan nimadir oldi. Ayaga qaradi.

— Kechirasan, qo‘lim tegib ketdi, — dedi-yu g‘olibona jilmaygancha tashqariga chiqib ketdi.

Jasur Maxammadiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun