“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar”

Date:

Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturni namunaviy tarzda yo‘lga qo‘yish uchun Denov tumani pilot hudud sifatida tanlangan. Dastur doirasida Denov tumanida 17 ta sog‘liqni saqlash maskani rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sharoitlar yratilgan holda foydalanishga topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 11-sonli oilaviy poliklinika ochilish marosimida ishtirok etib, shu yerning o‘zida videokonferensaloqa orqali 15 ta tibbiyot muassasasi faoliyatiga start berdi. Shuningdek, 12-sonli oilaviy poliklinika ochilishida ishtirok etgan viloyat rahbari nuroniylar va ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega shifokorlar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, tumanda rekonstruksiya ishlari davom etayotgan 2-sonli bolalar va 1-sonli kattalar poliklinikalari hamda tez tibbiy yordam bo‘limlari binosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun