Baxshichilik san’ati – umuminsoniy qadriyat

Date:

Xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh manbai bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni hamda ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridandir. Shu maqsadda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi hamda “Respublika baxshichilik san’ati markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar hamkorlikda “Respublika baxshichilik san’ati markazi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasaba uyushmalari faoliyatida fidokor xodimlarni taqdirlab borish, O‘zbekiston xalq baxshilari va taniqli ustoz baxshilar ishtirokida respublikamiz bo‘ylab aholi madaniy dam olish maskanlarida, mahallalar, korxonalar va ta’lim muassasalarida yoshlar va aholini jalb qilgan holda davra suhbatlari, “Doston kechalari”ni o‘tkazish, baxshichilik san’atiga munosib hissa qo‘shgan mashhur baxshilar va marhum ustozlar tavallud kunlarini keng nishonlash, baxshilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj baxshilarni respublikamizdagi dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlariga yuborilishini tashkil etish, O‘zbekiston xalq baxshilari va taniqli baxshilar ishtirokida respublika miqyosida “Gala konsert”larni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun