Asrga teng umr

Date:

Muzrabot tumanidagi “Xalq yo‘li” mahallasida yashovchi Halil bobo Nishonov 100 yoshni qarshi oldi. Asrga teng umr egasining hayoti, sabr-toqati, va farzandlariga bergan tarbiyasi har qanday inson uchun hayotiy saboq bo‘la oladi.
Halil bobo bugungi kunda 8 nafar farzand, 48 nafar nevara, 58 nafar chevara va 5 nafar evaraning bobosi sifatida avlodlariga ibrat bo‘lib yashamoqda. Yubiley munosabati bilan boboning xonadonida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Muzrabot tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi Eshqobil Sobirov ishtirok etib, Halil boboni qutlugʻ yosh bilan samimiy tabrikladi, to’n kiydirib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...

Termizda Yapon bog‘i barpo etiladi

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida...

Jasorat va mardlik timsoli Sizlar!

Jamiyatning barqarorligi, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashda ayollarning o‘rni beqiyos....
KunTun
KunTun