O‘quv markaz ochish uchun ssuda beriladi

Date:

O‘zbekistonda xorijiy tillarni biladigan yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Endilikda “C1” darajaga ega bo‘lgan yoshlar, agar ular olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markaz ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Davlat bu orqali nafaqat til o‘rganishni rag‘batlantirmoqda, balki hududlar bo‘yicha ta’limda tenglik yaratishni maqsad qilmoqda.

Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy til o‘rganuvchi yoshlarga:

Dastlabki 2 oylik ta’lim xarajatini o‘zlari to‘laydi;

Keyingi 6 oylik ta’lim xarajatini davlat to‘lab beradi.

Bu tizim orqali ko‘proq yoshlar mehnat bozoriga tayyor holatda kirib kelishi kutilmoqda.Bu tashabbuslar orqali xalqaro mehnat migratsiyasi va eksport salohiyati kuchayadi.

Yoshlarning tashabbuskorligi va ta’limda teng imkoniyatlar kengayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish...

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...
KunTun
KunTun