Ko‘rik boshlandi

Date:

Aholini yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qilish, erta tashxis va samarali davolash maqsadida Surxondaryo viloyatida Milliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan zamonaviy jihozlangan mobil angiograf qurilmasi yordamida malakali tibbiy ko‘riklar boshlandi.
Unda koronar angiografiya usuli orqali yurak tomirlaridagi torayish yoki to‘siqlar aniqlanib, shu yerning o‘zida aniq tashxis qo‘yiladi va zarur hollarda stentlash orqali davolash ishlari amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘riklar butun Surxondaryo viloyati aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 1 000 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Ko‘riklar pensionerlar, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar, “Yagona ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar a’zolari, afg‘on urushi qatnashchilari hamda Chernobil fojiasi qatnashchilari uchun mutlaqo bepul.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun