Maktab issiqxonasi — daromad manbayi

Date:

Maktablarda juda yaxshi tashabbus yo‘lga qo‘yilgan. Yoshlar ta’lim-tarbiya sirlarini olish bilan birga foydali mehnat bilan band bo‘lishlari, ularning o‘zlarini ham xursand qilishmoqda. Termiz shahridagi 16-maktab tashabbusi bilan 2 sotixli yer maydonida barpo etilgan kichik issiqxona bugun nafaqat maktab ehtiyojlariga xizmat qilmoqda, balki bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirishga ham ko‘maklashmoqda.
Issiqxonada texnik xodimlar mehnati bilan parvarishlanayotgan pomidorlar har kuni 5-10 kilogramgacha yig‘ib olinmoqda. Yangi uzilgan, tabiiy mahsulotlar asosan, maktab jamoasi uchun foydali oziq-ovqat sifatida, sotuvidan tushgan mablag‘lar esa ta’lim muassasasining ichki xarajatlarini qoplash uchun sarflanmoqda.
Bundan tashqari, issiqxona — o‘quvchilarga biologiya, kimyo va ekologiya kabi tabiiy fanlardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkonini bermoqda. Maktab issiqxonasi nafaqat iqtisodiy foyda, balki ta’lim jarayonini yanada boyitish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilyapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun