Ishlar nega sust?

Date:

Ijtimoiy soha obyektlarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash aholining malakali tibbiy xizmat va sifatli ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlariga tashrif buyurib, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari holatini o‘rgandi.

Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 35-sonli maktabda sport zali qurilishi bilan birga maktabning rekonstruksiya ishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Denov tumanida 150 o‘rinli mintaqaviy bolalar shifoxonasi qurilishi va mavjud binolarni ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.
Jarqo‘rg‘on tumanida maktabda olib borilayotgan ishlar sustligi va belgilangan muddatlarda yakunlanmaganligi tanqid qilinib, mas’ullarga ishlar samaradorligini oshirish va sifat talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Denov tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida yangidan qurilgan sport zali foydalanishga topshirilib, o‘quvchilarga sport anjomlari taqdim etildi. Maktabning eski binosi o‘rnida zamonaviy o‘quv binosi qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish vazifasi ham belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun