Bor mehrimiz shu xalq uchun

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 90-sonli oilaviy shifokorlik poliklinikasida “Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun!” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ahamiyatlisi, tuman ahli o‘z hududidan chiqmagan holda respublika darajasidagi sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish imkoniyatidan bahramand bo‘ldi. Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik mavjud bo‘lsa, u ayni yo‘nalishdagi tor soha mutaxassislari ishtirokida shu yerning o‘zida muolaja tayinlandi.

— Oila a’zolarimiz bilan birgalikda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, sog‘ligimiz haqida boxabar bo‘ldik, — deydi fuqaro Saodat Qulmatova. — Tibbiy ko‘rik davomida I guruh nogironi bo‘lgan farzandimning ham sog‘ligi nazoratdan o‘tkazildi. Unga zarur bo‘lgan dori-darmonlar berildi. 

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari va muloqotlar ham olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun