“Barkamol avlod” bolalaridan g‘alaba

Date:

Sportchi muvaffaqiyatga erishsa, bundan ota-onasi, yaqinlari va do‘stlari quvonadi. Ammo muvaffaqiyat faqat sportchiga emas, uning treneri, u qatnaydigan sport maktabining-da muvaffaqiyatidir. Albatta, bunday trenerlarni, sport maktablarni izlab kelishadi, farzandlarini ham xuddi opa-akalaridek shug‘ullanishlarini, g‘alabaga erishishlarini istashadi.
Hududlarda faoliyat olib borayotgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari ham o‘quvchi-yoshlarni nafaqat fan, til, ijodiy va kasb-hunar sirlarini o‘rgatishadi, balki sport turlari bo‘yicha ham tayyorlashadi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida sportning ITKF Karate-do turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida puxta tayyorgarlik ko‘rib, karate-do sirlarini o‘rgangan Denov hamda Sariosiyo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdi. Bolalarning sa’y-harakatlari besamar ketmadi. Ular 3 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin hamda 6 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun