Azim Samarqandga sayohat

Date:

Yaxshi dam, mehnatga hamdam deyishadi. Yil bo‘yi mehnat qilsangiz-u, bir yilda bir bora bo‘lsa-da, munosib xordiq chiqarmasangiz, kayfiyatingiz tushkun, o‘zingizni esa xorg‘in his etishingiz aniq. Shu sababdan ham dunyo bo‘ylab bo‘lmasa-da, yurtimizning e’tiborga molik go‘shalari bo‘ylab sayohat qilish ham uyda o‘tirgandan yaxshiroq.
Ayni aqidaga amal qilgan Uzun tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari Samarqand viloyatiga sayohatga otlanishdi. Sayohatning muddaosi esa Samarqandning boy madaniy merosi bilan tanishish va kitobxona xodimlariga ilmiy va madaniy o‘sish imkoniyatlari yaratishdir. Sayohat davomida xodimlar qadim shaharning tarixiy yodgorliklari, masalan, Registon maydoni, Shohizinda, Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi kabi mashhur joylarini ziyorat qilishdi.
Sayohat davomida ishchi-xodimlar madaniy xordiq chiqarib, bir olam taassurotlar bilan qaytib kelishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibori tufayli bugun yurtimizning chekka va...

Xalqaro olimpiadada sovrindor

Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elshod O‘ralov...

Savodxonlikni rivojlantiramiz

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida...

Imkoniyat yaratgan tadbirkor

Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Art Design...
KunTun
KunTun