HINDISTON BILAN HAMKORLIKDATIBBIYOT KLASTERI TASHKIL ETILADI

Date:

Hindiston turfa sohalar qatori tibbiyoti rivojlangan davlatlardan biri sanaladi. Shu sabab haligacha inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun hindistonlik jarrohlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Ularning tajribasi, bilimi amaliyotda o‘zini oqlagani uchun ham odamlarning ishonchi va ixlosi baland.
To‘g‘ri, o‘zimizda ham tibbiyot sohasi rivoj topib, shifo topish uchun xorijga chiqish soni anchayin kamaygan. Endilikda esa uzoq yo‘l, katta mablag‘ sarflab xorijga borishga hojat qolmadi. Balki hindistonliklarning o‘zi yurtimizda, xususan Termizda faoliyat yuritib, jonimizga ora kirishadi.
Ana shunday maqsadlarni ko‘zlagan holda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida mehmon bo‘lib turgan “NOVA PHARM” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singxlar bilan samimiy suhbat olib bordi.
Uchrashuv chog‘ida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarida fikr almashildi. Jumladan, mehmonlar bilan viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni o‘z ichiga olgan tibbiyot klasteri tashkil etish loyiha-taklifi muhokama qilindi. Zotan, bugungi kunda hindistonlik talaba va professor-o‘qituvchilar uchun Surxondaryo begona emas. Hamkorlikning ancha yillik ekanligi mustahkam ishonchdan dalolat.Mazkur loyiha viloyatda tibbiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy masalalarni hamkorlikda hal etish va o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...
KunTun
KunTun