Tezkorlik, chaqqonlik talab etildi

Date:

Termiz shahrida “Yong‘in-qutqaruv sport”i bo‘yicha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining to‘rtinchi qavatga ko‘tarildilar. Keyingi shartda 100 metrga to‘siqlar osha yugurishlariga toʻgʻri keldi. Har bir shartda tezkorlik, chaqqonlik talab etildi.

4×100 metrga yong‘in o‘chirish estafetasi esa qizgʻin voqealarga boy boʻldi. Jangovar yoyilish bo‘yicha o‘zaro bellashuv ham esda qolarli boʻldi. Birinchi o’rin Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi 6-Yong’in qutqaruv qismi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, viloyatimizda yong‘in-qutqaruv sohasidagi malakani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun