Ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda

Date:

Tabarruk diyorimizda kamol topgan ulug‘ muhaddislar, fozil-u fuzalolarning nomini butun dunyo yaxshi biladi. Bobokalonlarimiz bilan nafaqat faxrlanish, balki ularning boy ma’naviy merosini tadqiq va targ‘ib etish burchimizdir.

Shu ma’noda, Prezidentimizning 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori buyuk mutafakkirlar xotirasini abadiylashtirish va ilmiy faoliyatini keng o‘rganishga oid ishlar silsilasining yangi bosqichi sifatida tarixiy ahamiyatga ega.

Ushbu hujjatga binoan viloyatimizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan markaz islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qiladi.

Unda islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o‘rganilmoqda. Diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanishga qaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanayotir. Shu bilan birga, buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti va asarlarini chuqur o‘rganish, yosh avlodga yetkazish, xalqimizga tushunarli tilda kitoblar chop etish bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar qizg‘in tus olgan. Bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun munosib sharoitlar yaratilgan bo‘lib, olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtiroki ham anchayin kengaygan.

Abdug‘afur AVLIYOQULOV,

TerDU katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun