“Armiya va xalq – bir tan-u bir jon!”

Date:

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida, faol hayotiy pozisiyaga ega insonlar etib tarbiyalash zamon talabi. So‘nggi yillarda harbiylar bilan aholining, ayniqsa, yoshlarining hamkorligi juda yaxshi natija bermoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar uzviy davom etib, ko‘plab yoshlar Mudofaa vazirligiga biriktirildi va mazkur yo‘nalish bo‘yicha manzilli reja tuzib, amaliy ishga kirishmoqda.
Darhaqiqat, “Armiya va xalq – bir tan-u bir jon!” shiori ostida olib borilayotgan tadbirlar, harbiy qismlar va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilib, yuqori samaralar bermoqda. Ayniqsa, harbiy qismlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablariga biriktirilishi va maktablarda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining keng miqyosda o‘tkazilishi yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otib, Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yanada oshirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun