Ta’limda ko‘rsatkich ko‘tariladi

Date:

Yoshlarimizning kim bo‘lib yetishishi davlat taqdiri uchun muhim. Shunday ekan, ularning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy qarash lozim. Xuddi shunday qilinyapti ham. Ta’lim tizimi rivojlantirilib, ko‘rsatkichi past maktablarda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘lib, ta’lim sohasidagi vazifalar ijrosini o‘rgandi. Xususan, 43-sonli maktabda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Oltinsoy tumanidagi biriktirilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, maktab joylashgan Tog‘ay Murod mahallasida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha avvalgi tashrifda berilgan topshiriqlarning ijrosi o‘rganildi. Ishlarning yetarli darajada tashkil etilmaganligi, ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari hali boshlanmaganligi tanqid qilinib, mas’ullarga tadbirlarni zudlik bilan boshlash va sifatli amalga oshirish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun