Har bir fuqaroga bir daraxt

Date:

Surxondaryo viloyatida ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil makonlarni kengaytirish maqsadida “Har bir fuqaroga bir daraxt” tamoyili asosida Yoshlar bogʻi tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari, Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi qoshidagi “Volontyorlar maktabi” a’zolari faol ishtirok etib, daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Tadbirda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Urunov ham qatnashib, shaxsan daraxt ekish jarayonida ishtirok etdi.
Ushbu loyiha yoshlarni ekologik ong va mas’uliyatga yo‘naltirish, atrof-muhitni yanada obodonlashtirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun