Tizimdagi muammolar bartaraf etiladi

Date:

Surxondaryo viloyatida ta’lim sifati va tizimini rivojlantirish, past ko‘rsatkichli maktablarda samaradorlikni oshirish, dual ta’lim tizimini joriy etish ishlari davom etmoqda. Ayni maqsadda viloyat hokimi – ta’limni rivojlantirish hududiy Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 14-sonli maktabda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Maktablarda ta’lim va kadrlar sifati, darsliklar va metodik ta’minlash, moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ko‘rsatkichi past 90 ta maktab direktori bilan tizimdagi muammolar, ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
Ta’lim maskaniga tashrif davomida yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Maktabda joriy qilingan ushbu tajribani ommalashtirish orqali tarbiyasi og‘ir va jinoyatga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, ularning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga mazkur tajribani viloyatning boshqa hududlarida ham joriy etish topshirildi.
Shundan so‘ng, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar taqdimot qilindi. Oliygohning majlislar zalida jinoyat sodir qilgan o‘quvchilarning ota-onalari hamda ular o‘qiydigan maktab direktorlari va mas’ullar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilarga zarur sharoit yaratish va ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklandi.

Oldingi sahifa“Kelajakka qadam” tashlandi
Keyingi sahifa(T)o‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun