“Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi

Date:

Kambag‘allikni qisqartirish maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Odamlar hayotda o‘z yo‘lini topsa, o‘zi va ishini rivojlantirsa, kayfiyatida, ruhiyatida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, demak ko‘zlangan maqsadga yetilgan bo‘ladi. 2024-yil 16-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha bejizga vazifalar belgilab berilmadi. Ayni vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni boshlashni istagan fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarka doirasida aholiga 70 dan ortiq biznes-reja taklif etildi. Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Oldingi sahifaKapalak
Keyingi sahifaNazariya ham muhim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun