Chora-tadbirlar munosib chora bo‘lmoqda

Date:

O‘zini band qilmagan, bekorchi odamda ham ehtiyoj bor. Ba’zilar shunday paytda ish izlash, qandaydir tashabbus ko‘rsatish o‘rniga pul topishning oson va qing‘ir yo‘llarini qidiradi. Natijada, huquqbuzarlik, jinoyat sodir etiladi. Har qanday huquqbuzarlikka esa jazo muqarrar. Qonunlarimiz va siyosatimizda mahbuslarning jazoni o‘tashlarida tuzalish yo‘liga kirishlari, hayotlarini izga solishlari uchun tizimli chora-tadbirlar qo‘llanilayotir.
Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda Uzun tumani IIB JXX Probatsiya hisobida jazo o‘tayotgan 35 nafar yosh tumandagi Monomarkazda kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ularni qayta jinoyat sodir etmaslikka undash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdir.
Kasb-hunar o‘rgatish orqali, yoshlar nafaqat yangi ko‘nikmalarni egallashadi, balki kelajakda o‘zining moddiy va ma’naviy holatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Oldingi sahifa(T)o‘y
Keyingi sahifaKapalak

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun