“Qorabura”da sumalak sayli

Date:

Qadim qadimdan xalqimizning ezgu maqsad va go‘zal qadriyatlarini, o‘zida mujassam qilib, qadim ajdodlarimizdan bizlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan Navro‘zi olam yana yurtimizga kirib keldi. Navro‘z” — “Yangi kun” degani. Navro‘z bilan birga yangi yil va yangi fasl – bahor kirib keladi. Navro‘z va yangi yil kelishi bilanoq, fasllar kelinchagi deya ta’rif qilinadigan bahor nafasidan borliq tanasiga qayta jon kiradi.

Bunday lahzalarda xalqimiz milliyligiga qaytadi. Qadriyatlarini yodga oladi. urf-odat va udumlarini, rasm-rusumlarini ado etishga kirishadi. Ilik uzdi kunlarda qish bo‘yi darmonsizlangan organizmimizga darmon bo‘lishi uchun foydali va vitaminlarga boy bo‘lgan eng tansiq taomlarimizni pishirishga tutinamiz. Dosh qozonlarda sumalak pishirib, ko‘k somsa, chuchvara, halim-u xalvoytar tayyorlab, dasturxonimizga tortishga urinamiz. Ana shunday kunlarda Jarqo‘rg‘on tumanining “Qorabura” mahallasida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari va xotin-qizlar millay an’analarimiz bo‘lmish yalla va laparlar aytishdi. Milliy liboslarda davrani qizitib raqs tushishdi. Sayil unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun