Harbiy intizom yanada mustahkamlanadi

Date:

Vatan himoyasi muqaddas burch. Alp o‘g‘lonlarimiz bu burchlarini sharaf ila o‘tashga tayyorligi har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini mavjlantirib yuboradi. Ana shunday o‘y-xayol bilan ulg‘aygan, tarbiya topgan yoshda faqat fazilatlarni ko‘rish, kuzatish mumkin. Ularda illatlar, yomon o‘y-xayollar bo‘lmaydi. Bunday yoshlar bilan faqat va faqat sog‘lom jamiyat quriladi. Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik haqida emas, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, rivojlanish haqida so‘zlaymiz.


Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev tomonidan Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘inda ham jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish haqida so‘z bordi. Shuningdek, harbiy intizomni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan harbiy prokuror tomonidan o‘qilgan ma’ruza barchaning e’tiborini tortdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun